20 million sömlik mukofot jamğarmasiga ega “Qori Niyoziy izdoşlari” matematika olimpiadasi eʼlon qilindi
📅 21-Noyabr, 2026-yil 20:23
“QORI NIYOZIY IZDOŞLARI” MATEMATIKA OLIMPIADASI EʼLON QILINDI
“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari örtasida anʼanaviy “Qori Niyoziy izdoşlari” matematika olimpiadasi ötkaziladi.
Olimpiadaning umumiy mukofot jamğarmasi 20 000 000 (yigirma million) söm etib belgilangan.
Matematik bilim va mantiqiy fikrlaş könikmalarini sinovdan ötkazişga qaratilgan mazkur olimpiada ikki bosqiçda taşkil etiladi.
1-bosqiç — onlayn saralaş
Birinçi saralaş bosqiçi 2026-yil 29-noyabr kuni onlayn test şaklida ötkaziladi.
İştirokçilar quyidagi platforma orqali röyxatdan ötişlari va test topshiriqlarini bajarişlari mumkin:
Olimpiada platformasi: https://olimpiada.aifu.uz/
Röyxatdan ötişning yakuniy muddati: 29-noyabr 2026-yil, soat 08:00.
Test topshiriqlarini bajariş vaqti: 29-noyabr 2026-yil, soat 09:00 dan 23:59 gaça.
Birinçi bosqiçda iştirokçilar maksimal 100 ball toplażlari mumkin.
Muhim şart: faqat 56 balldan yuqori natija qayd etgan iştirokçilar ikkinçi — yakuniy bosqiçda qatnaşiş huquqini qölga kiritadilar.
2-bosqiç — yakuniy yozma olimpiada
Olimpiadaning ikkinçi bosqiçi 2026-yil 6-dekabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida anʼanaviy (oflayn) şaklda ötkaziladi.
Yakuniy bosqiçda iştirokçilarga 5 ta yozma topshiriq taqdim etiladi.
-
Har bir topshiriq — 10 ball.
-
Jami maksimal natija — 50 ball.
-
Yakuniy bosqiçda yalnız ikkinçi bosqiç natijalari hisobga olinadi.
Eslatma: Olimpiadaning ikkinçi bosqiçi natijalarini hisoblaşda birinçi saralaş bosqiçida toplangan ballar qöşilmaydi.
Olimpiadaning muhim sanalari
29-noyabr 2026-yil, 08:00 — röyxatdan ötiş yakunlanadi.
29-noyabr 2026-yil, 09:00–23:59 — onlayn saralaş testi.
6-dekabr 2026-yil, 09:30 — yakuniy yozma bosqiç, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti.
Mukofot jamğarmasi
Olimpiadaning umumiy mukofot jamğarmasi:
20 000 000 söm.
Taşkilotçilar
-
“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi;
-
V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;
-
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti.
Özbekiston Respublikasidagi barça oliy taʼlim muassasalari talabalarini “Qori Niyoziy izdoşlari” matematika olimpiadasida faol iştirok etişga taklif qilamiz!
Röyxatdan ötiş va olimpiadada qatnaşiş: