Matematika sohasidagi olimlar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar

📅 6-Avgust, 2021-yil 9:41

Yangilik rasmi ✅ Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori bilan: 👉 “Olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish harajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom; 👉 “Talabalarning matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda qatnashish harajatlarini Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish tartibi” tasdiqlandi. Endilikda OTM professor-o‘qituvchilari hamda talabalari nufuzli xalqaro anjumanlar, olimpiadalarda ishtirok etishda ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Batafsil O‘zbekiston Matematiklari telegram kanali.