Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirayotgan talabgorlar diqqatiga!
📅 20-Oktabr, 2021-yil 7:51

Bugun, 20 oktyabr kuni Yagona elektron tizimi (phd.mininnovation.uz) orqali soat 24:00 gacha hujjatlaringizni oliy ta’lim muassasa va ilmiy tashkilotlarga yuborishingiz mumkin.
Faqat mana shu belgilangan vaqt oralig‘ida hujjatlar tegishli muassasalarga yuborilib, ular tomonidan hujjatlar qabul qilingan bo‘lishi shart.
❗️Aks holda, hujjatlar OTM va ilmiy tashkilotlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, platforma yopilgandan so‘ng hujjatlarni qayta tahrirlab yuborish imkoni bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun: Hujjatlar topshirilayotgan ta’lim muassasalari tomonidan tekshirib, qabul qilinadi. Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.