Talabalar uchun "Qori Niyoziy" olimpiadasi!
📅 9-Noyabr, 2021-yil 6:59

Talabalar uchun "Qori Niyoziy" olimpiadasi!
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti (https://t.me/milliymatematikauz), "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi olimpiadasi o‘tkaziladi.
📝 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!
🗓14-noyabr kuni khiso.uz saytida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar olimpiadaning onlayn saralash bosqichi oʻtkaziladi.
📊Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Final bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!
🎟 Barcha ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi!