O‘ZBEKISTONDA XALQARO MATEMATIKA KUNINI NISHONLASH

📅 13-Mart, 2022-yil 16:45

Yangilik rasmi O‘ZBEKISTONDA XALQARO MATEMATIKA KUNINI NISHONLASH 2022 yil 14 mart, soat 11:00 da O‘zbekiston matematika jamiyatining navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi. 👨‍💻 Ma'ruzachilar: 1. Akademik Abdulla Azamov-Matematikaning tilsimi haqida; 2. Professor O'tkir Roziqov- Matematik bilyard tilida π soni. Xalqaro Matematika Kuni (IDM) UNESCO Bosh konferensiyasining 2019 yil 26 noyabrdagi 40-sessiyasida e’lon qilingan. 14 martning IDM sifatida tanlanishining sababi-bu sana ingliz tilida 3.14 shaklida yozilib mashhur π soning taqribiy qiymatidan iborat. Zoom manzili: https://us04web.zoom.us/j/5355365859 ID: 535 536 5859 Parol: 1 👉 mathnet.uz – Milliy matematika online platformasi