HURMATLI OLIMJON SHUKUROVICH!
📅 31-Mart, 2022-yil 10:02

V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti jamoaci Sizni tavalludingizning 60 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizning Banax fazolarida qiymat qabul qiluvchi tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalarga, bog‘liq kuzatuvlar natijasi bo‘yicha tuzilgan statistik baholarning xossalarini o‘rganishga va funksional ma’lumotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan samarali ilmiy izlanishlaringiz tahsinga sazovordir. Siz 2001-yilda chop etilgan, dunyoning 105 davlatidan 617 mutaxassislar tomonidan yozilgan "International Encyclopedia of Statistical Science" 3 tomlik kitobini yozishda O‘zbekiston nomidan qatnashganligingizni alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.