Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv
📅 22-Aprel, 2022-yil 9:02

2022 yilning 21 aprel kuni Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseyi o‘quvchilarining taniqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori va O‘zbekiston qahramoni Shavkat Abdullayevich Ayupov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Sh.A. Ayupov hozirgi kunda yurtimizda matematika ilm-faniga qaratilayotgan katta e’tibor, matematika fanining jamiyatimizdagi tutgan ahamiyati va diyorimiz matematik allomalarining fanga qo‘shgan yuksak hissalari haqida keng ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.