Yosh olimlar uchun mahorat darsi

📅 16-Mart, 2023-yil 9:51

Yangilik rasmi Bugun Eron Matematika Jamiyati prezidenti Mohammad Sal Moslehian va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yosh olimlari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida hozirgi zamon ilm fani, matematikaning dolzarb masalalari, ilm-fan bilan shug'ullanishda yoshlar nimalarga ko'proq e'tibor qaratishlari zarurligi, ilmiy maqolalar yozish tartibi hamda ularni nufuzli jurnallarda e'lon qilish bo'yicha fikrlar almashildi. Mohammad Sal Moslehian tajribali olim sifatida yosh olimlarga o'zining foydali tavsiyalarini berdi. Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o'tkazilib, unda Matematika institutining yosh olimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi.