KONSTITUSIYAVIY ISLOHOTLAR MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR!
📅 29-Mart, 2023-yil 13:33

KONSTITUSIYAVIY ISLOHOTLAR MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR!
Bugun 29-mart kuni O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida "Konstitusiyaviy islohotlar mohiyati" mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda institut direktori, Senator, Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizim masalalari qo‘mitasi a’zosi O‘zbekiston Qahramoni, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich ma’ruza qildi. Tadbirda institut xodimlari, yosh olimlar va doktorantlar qatnashdilar. Ma’ruzachi Yangilanayotgan Konstitusiya O‘zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi va unda ilm-fan, ta’lim sohasi hamda inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga qaratilayotgan masalalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Yig‘ilish davomida Konstitusiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib borildi. Shuningdek, yig‘ilishda akademik Abdulla A’zamov ham o‘z fikrlarini bayon qilib, konstitusiyaviy islohotlarlarga befarq bo‘lmaslikni, har bir inson albatta munosabat bildirishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.