Eng yaxshi taqdimot
📅 31-May, 2023-yil 12:22

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida 25-may kuni "XXI asr intellektual yoshlar asri" mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-nazariy anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanda institutimiz tayanch doktoranti Xudoyberdiyev Xayotjon faol ishtirok etib, "Eng yaxshi taqdimot" nominatsiyasi bo'yicha II - darajali diplom bilan taqdirlandi.