«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan akademik Azamov Abdulla - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri taqdirlandilar.

📅 26-Avgust, 2023-yil 20:15

Yangilik rasmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun  «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan akademik Azamov Abdulla - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri taqdirlandilar.