2023- yil 20-23 sentyabr kunlari Qozog'iston respublikasi Turkiston viloyatida o'tkazilgan Turk Dunyosi Matematika Jamiyatining (TWMS) VII butunjahon kongresi

📅 3-Oktabr, 2023-yil 7:32

Yangilik rasmi 2023- yil 20-23 sentyabr kunlari Qozog'iston respublikasi Turkiston viloyatida o'tkazilgan Turk Dunyosi Matematika Jamiyatining (TWMS) VII butunjahon kongresi (TWMS Congress-2023 (https://acagor.kz/conference/twms-2023/?lang=en)) bo'lib o'tdi. Unda V.I.Romanosvkiy nomidagi Matematika instituti professorlari Ravshan Ashurov va Oʻtkir Roziqov hamda O‘zMU Geometriya va topologiya kafedrasi dotsenti Farxod Muxamadiyevlar matematikani rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun TWMS diplomi va medali bilan taqdirlandilar. Ustozlarni ushbu e'tirof bilan muborakbod etgan holda ularga uzoq- umr, sixat- salomatlik hamda kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!