“Xitoy-Markaziy Osiyo matematiklari” forumi
📅 11-Oktabr, 2023-yil 10:36

“Xitoy-Markaziy Osiyo matematiklari” forumi ikkinchi marotaba 9-10 oktyabr kunlari yurtimizdagi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida bo‘lib o‘tdi. Forumda Xitoy va Markaziy Osiyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari, akademiklar, yosh olimlar, doktorant va tayanch doktorantlar, talaba va magistrlar ishtirok etdi.
Forumda taniqli matematik Filds medali sovrindori Yefim Zelmanov hamda Xitoy va Markaziy Osiyodan tashrif buyurgan akademiklar hozirgi kundagi matematik analiz, algebra, funksional analiz xamda differensial tenglamalar kabi ko‘plab mavzularda muhokama qilindi.