Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
|
Xalqaro matematika kuni munosabati bilan yosh olimlar konferensiyasi tashkil etildi. March 14, 2024, 4:36 p.m. Xalqaro matematika kuni munosabati bilan yosh olimlar konferensiyasi tashkil etildi
⏺Bugun, 14-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida “14-mart – Xalqaro matematika kuni” munosabati bilan “Zamonaviy matematikaning dolzarb muammolari va tadbiqlari” mavzusida yosh olimlar ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
⏺Konferensiyada akademiklar Sh.A.Ayupov, Sh.Q.Farmonov, professorlar M.M.Aripov, A.Ortiqboyev, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar hamda 100 dan ziyod yosh olimlar, magistrantlar ishtirok etdi.
⏺Anjuman yakunida Turkmaniston Respublikasida o‘tkazilgan Xalqaro olimpiada (OMOUS-2024)da yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan Matematika fakulteti 3-kurs talabalari N.Nabixonov, F.Keldiyorov va X.To‘yliyevlar universitet rektorining faxriy yorlig‘larini bilan taqdirlandi.
|