My image My image
My image My image
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
| Mathnet.uz | Math-Net.Ru | Mathscinet | Scopus.com |Web of Science | Publons.com | Ictp |
Manzil
100174, Toshkent shahri,
Olmazor tuman, Universitet
ko’chasi, 9-uy
Tel.: +99871-207-91-40
Fax: +99871-262-52-36
Web site: www.mathinst.uz
E-mail: uzbmath@umail.uz
Bugun 2024-yil 9-aprelda akademik Utkir Rozikov O’zR FA Genomika va bioinformatika markazida ilmiy seminarda ma’ruza qildi.
April 9, 2024, 3:03 a.m.

Bugun 2024-yil 9-aprelda akademik Utkir Rozikov O’zR FA Genomika va bioinformatika markazida ilmiy seminarda ma’ruza qildi. 2 soatdan ko’p vaqt davom etgan seminarda, markaz xodimlari akademik Rozikovning populyatsion dinamik sistemalar, DNK va RNK sistemalari termodinamikasiga bag’ishlangan natijalarini qiziqish bilan tinglab, muhokoma qilishdi. Ma'ruza davomida Rozikovning ilmiy izlanishlari hamda markazning bugungi kundagi tadqiqotlari o'rtasida mustahkam hamkorlik o’rnatish mumkinligi ta'kidlandi. Shuningdek, hamkorlik aloqalari telegram ilovasida qo'shma guruh yaratish orqali bugundan boshlandi. Ushbu telegram guruhiga Genomika markazi xodimlari o'zlarining masalalarini jo'natib borishi hamda bizning olimlar masalaning matematik modelini tuzib uni o’rganishi kelishildi. Institutning bu sohaga qiziquvchilarini hamkorlikga qo’shilishni taklif qilamiz! Guruhga qo'shilish uchun telegram orqali U.Rozikovga bog'laning