O‘zbekistonlik olima Dilfuza Eshmamatova «Matematika fanini rivojlantirishga qo‘shgan alohida hissasi uchun» medali bilan taqdirlandi
📅 8-Aprel, 2026-yil 11:37
Turkiy dunyo matematiklar jamiyati hamda Qozog‘iston matematiklar jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston ayol matematiklarining ilm-fan rivojidagi o‘rni yuksak e’tirof etildi.
Jamiyatning 2026-yil 30-martdagi 2-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent davlat transport universiteti “Oliy matematika” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Eshmamatova Dilfuza Baxromovna yuksak mukofot — «Matematika fanini rivojlantirishga qo‘shgan alohida hissasi uchun» medali bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofot olimaga matematika fanini rivojlantirish hamda Osiyo ayollarining ushbu sohadagi nufuzini oshirish yo‘lida qo‘shgan ulkan hissasi uchun topshirildi. Mazkur e’tirof professor D. Eshmamatovaning ko‘p yillik samarali ilmiy faoliyati, o‘ziga xos ilmiy maktab yaratishdagi xizmatlari va iqtidorli yoshlarni tarbiyalashdagi mehnatlarining yorqin namunasidir.