Xalqaro ilmiy seminarda professor Nedyu Popivanov maʼruza qiladi
📅 2-Noyabr, 2026-yil 11:04
2026-yil 4-noyabr kuni Xalqaro ilmiy seminarning navbatdagi yiğilişi bölib ötadi. Seminarda Bolgariya Fanlar akademiyasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari institutidan professor Nedyu Popivanov ilmiy maʼruza qiladi.
Maʼruza mavzusi:
“Pohozhaev Identities in Mixed-Type Equations”
“Aralaş tipdagi tenglamalarda Pohozhaev ayniyatlari”
Maʼruzada sönggi 25 yil davomida aralaş elliptik-giperbolik kvaziçiziqli tenglamalar uçun Pohozhaev tipidagi ayniyatlarning rivojlanişi va tatbiqlari yoritiladi.
Asosiy eʼtibor dilatatsion invariantlik, kritik daraja körsatkiçlari hamda yeçimlarning mavjudligi va mavjud emasligiga oid masalalarga qaratiladi. Şuningdek, umumlaşgan yeçimlarni vaznli funksional fazolar doirasida örganiş yondaşuvlari muhokama qilinadi.
Maʼruzaning alohida qismi köp ölçamli Protter–Morawetz masalasiga bağişlanadi. Mazkur masalaning klassik ikki ölçamli holatdan farqlari körib çiqiladi. Uç ölçamli tölqin tenglamasining umumlaşgan yeçimida yakkalangan singulyar nuqta yaqinidagi eksponensial ösişga oid natija ham taqdim etiladi.
Sana: 2026-yil 4-noyabr, çorşanba.
Başlaniş vaqti:
16:00 — Toşkent (UTC+5)
14:00 — Moskva (UTC+3)
12:00 — Bryussel (UTC+1)
Iştirok şakli: Zoom orqali onlayn.
Seminarga qöşiliş havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/75658491038?pwd=3AhXfNg0FzQM8zOoxBMenuz1KbNWJx.1
Konferensiya ID: 756 5849 1038
Kiriş kodi: 123
Xalqaro ilmiy seminar kotibi:
Dr. Azizbek Mamanazarov
Professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar hamda differensial tenglamalar va matematik fizikaga qiziquvçi barça tinglovçilarni maʼruza va ilmiy muhokamada iştirok etişga taklif etamiz.
