O‘zbekiston terma jamoasi IMO 2026 da 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

📅 19-Iyul, 2026-yil 19:05

Yangilik rasmi

🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO 2026) yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi yuksak natijani qayd etib, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jamoa hisobiga 2 ta kumush va 3 ta bronza medal yozildi.

O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilar:

🥈 Elshod Oʻralov — Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi — kumush medal;

🥈 Dostonbek Rahmonqulov — Yangiyer shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal;

🥉 Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali o‘quvchisi — bronza medal;

🥉 Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — bronza medal;

🥉 Rasulbek G‘afforov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — bronza medal.

Mazkur natija mamlakatimizda matematika ta’limini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning amaliy samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

G‘olib o‘quvchilarni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz.