Akademik Abdulla Azamov GTM2026 xalqaro konferensiyasida plenar ma’ruza bilan ishtirok etdi

📅 23-Iyul, 2026-yil 16:34

Yangilik rasmi

2026-yil 30-iyun – 5-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan "Game Theory and Management (GTM2026)" XIX xalqaro konferensiyasi tashkil etildi. Mazkur nufuzli ilmiy anjuman Xalqaro Dinamik O‘yinlar Jamiyatining Rossiya bo‘limi (Russian Chapter of the International Society of Dynamic Games) hamkorligida o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti akademigi Abdulla Azamov taklif etilgan ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, anjumanni ochib berdi hamda "Normal Forms of Pursuit-Evasion Games" mavzusida plenar ma’ruza qildi.

Ilmiy safar davomida akademik Abdulla Azamov dinamik o‘yinlar va optimal boshqaruv nazariyasining eng so‘nggi ilmiy yutuqlari bilan tanishdi hamda zamonaviy matematik modellashtirish usullariga bag‘ishlangan ilmiy muhokamalarda faol ishtirok etdi.

Mazkur konferensiya xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or ilmiy tajribalarni almashish hamda O‘zbekiston matematiklarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.