Buxoroda akademiklar va olimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda
📅 14-Avgust, 2026-yil 18:24
Ayni paytda Buxoro viloyatida akademiklar va olimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, akademiklar va olimlar, tadbirkorlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida ilm-fan va ta’limni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalari va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Tadbir ilmiy salohiyatni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali yo‘naltirish, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
