Xalqaro maktab doirasida mahorat darslari

📅 21-Sentabr, 2026-yil 10:32

Yangilik rasmi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan «Dynamical Days in Jizzakh 2026» xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Xalqaro maktab doirasida ishtirokchilar uchun zamonaviy matematikaning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mahorat darslari tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlarda dinamik tizimlar, ularning matematik modellari hamda mazkur yo‘nalishdagi zamonaviy tadqiqotlar haqida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Mahorat darslari ishtirokchilarga yetakchi mutaxassislar bilan fikr almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun muhim bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.

«Dynamical Days in Jizzakh 2026» xalqaro maktabi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.