Professor Ravshan Ashurovning 70 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy to‘plam
📅 9-Oktabr, 2026-yil 11:17
Professor Ravshan Ashurov tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Advances in Mathematical Physics: Methods and Applications” (“Matematik fizikadagi yutuqlar: usullar va tatbiqlar”) nomli ilmiy maqolalar to‘plamining nashri rejalashtirilmoqda.
Kitob Birkhäuser nashriyotining “Trends in Mathematics” turkumida taqdim etiladi. To‘plam muharrirlari — Erkinjon Karimov, Michael Ruzhansky va Zarifboy Sobirov.
Nashriyot tavsifiga ko‘ra, to‘plam xususiy hosilali differensial tenglamalar, teskari va chegaraviy masalalar, spektral analiz hamda kasr tartibli analiz bo‘yicha tadqiqotlarni qamrab oladi. Unda matematik fizika tenglamalari uchun teskari masalalarning bir qiymatli yechilishi, spektral usullar hamda kasr tartibli va nolokal operatorlarning murakkab jarayonlarni modellashtirishdagi o‘rni yoritiladi.
To‘plamda ushbu yo‘nalishlarning o‘zaro aloqalariga ham e’tibor qaratilgan. Kitob matematik fizika va analiz sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, doktorantlar hamda magistrantlarga mo‘ljallangan.
Nashr haqida:
Kitob nomi: Advances in Mathematical Physics: Methods and Applications
Bag‘ishlov: Dedicated to the 70th Anniversary of Ravshan Ashurov
Muharrirlar: Erkinjon Karimov, Michael Ruzhansky, Zarifboy Sobirov
Nashriyot: Birkhäuser
Turkum: Trends in Mathematics
Rejalashtirilgan nashr yili: 2027
Bosma nashr ISBN: 978-3-032-42861-5
Hamkasblarimizni to‘plam tavsifi va nashr haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishga taklif etamiz.
Nashriyot sahifasi:
https://link.springer.com/book/9783032428615
Waterstones katalogidagi sahifa:
https://www.waterstones.com/book/advances-in-mathematical-physics-methods-and-applications/erkinjon-karimov/michael-ruzhansky/9783032428615