Toshkentda algebra va analiz bo‘yicha qo‘shma xalqaro workshop o‘tkaziladi

📅 16-Oktabr, 2026-yil 9:31

Yangilik rasmi

2026-yil 17-oktabr, shanba kuni Yangi O‘zbekiston universitetida algebra va analizning zamonaviy masalalariga bag‘ishlangan Joint International Workshop in Algebra and Analysis xalqaro ilmiy seminari bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Jilin University (Xitoy), V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va Yangi O‘zbekiston universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.

Seminar dasturidan algebra, tengsizliklar nazariyasi, Lie algebralari hamda kompleks analizga oid to‘rtta ilmiy ma’ruza o‘rin olgan.

Dastur:

09:00
Xiaosong Sun — Jilin University
Derivations and Their Connections with Affine Geometry

09:40
Changyu Ren — Jilin University
A General Form of Newton–Maclaurin Type Inequalities

10:20
Tea / coffee break

10:50
Rustam Turdibaev — New Uzbekistan University
Necklace Lie Algebra and the Liezation of Leibniz Necklace Algebra

11:30
Reza Seyyeddali — New Uzbekistan University
Complex Monge–Ampère on Kähler Toric Surfaces

📅 Sana: 17-oktabr 2026-yil
🕘 Vaqt: 09:00–12:10
📍 Manzil: Yangi O‘zbekiston universiteti, MATH-105 xona, Toshkent

Seminar algebra va analiz yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan olimlar, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar uchun ilmiy fikr almashish imkoniyatini yaratadi.

Barcha matematiklar va talabalarni seminar ishida ishtirok etishga taklif etamiz.

🔗 Batafsil ma’lumot:
https://math.newuu.uz/2026_Jilin.html