Tayanç doktorantlar uçun akademik T. A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya tanlovi eʼlon qilindi

📅 16-Noyabr, 2026-yil 12:42

Yangilik rasmi

AKADEMIK T. A. SARIMSOQOV NOMIDAGI STIPENDIYA TANLOVI EʼLON QILINDI

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi “Matematika fani va taʼlimini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi” matematika ixtisosliklari böyiça tahsil olayotgan tayanç doktorantlar uçun akademik T. A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi matematika sohasida ilmiy izlanışlar olib borayotgan iqtidorli tayanç doktorantlarni moddiy rağbatlantiriş va ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

Stipendiya miqdori va muddati

Tanlov natijalariga köra, 5 nafar tayanç doktorant saralab olinadi.

Ğoliblarning har biriga 2027-yil davomida 10 oy mobaynida har oy 2 500 000 söm miqdorida belgilangan tartibda stipendiya tölanadi.

Şunday qilib, har bir stipendiat 10 oy davomida jami 25 000 000 söm, beş nafar stipendiat esa umumiy hisobda 125 000 000 söm miqdorida moddiy qöllab-quvvatlanadi.

Tanlovda qatnaşiş şartlari

Tanlovda iştirok etişni istagan talabgorlar quyidagi talablarga javob berişi lozim:

  1. Tayanç doktoranturaning birinçi bosqiçini tugatgan bölişi.

  2. Belgilangan malakaviy imtihonlarni topşirgan bölişi. Bunda ixtisoslik böyiça malakaviy imtihon natijasi 86 ball yoki undan yuqori, yaʼni aʼlo bahoga mos bölişi kerak.

  3. Yakka tartibdagi ilmiy iş rejasida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajargan bölişi.

Talab etiladigan hujjatlar

Tanlovda qatnaşiş uçun talabgor öz arizasiga quyidagi hujjatlarni ilova qilişi lozim:

1. Ilmiy rahbar tavsiyanomasi.

Tavsiyanomada talabgorning dissertatsiya işi böyiça olingan ilmiy natijalari qisqaça bayon etilişi, şuningdek, uning yakka tartibdagi ilmiy rejasida belgilangan işlarni öz vaqtida bajarayotgani tavsiflanişi kerak.

2. Ilmiy faoliyatga oid materiallar.

  • İlmiy konferensiya va seminarlardagi maʼruza hamda tezis materiallari;

  • İlmiy jurnallarda çop etilgan maqolalar röyxati;

  • Naşr etilgan ilmiy maqolalarning nusxalari.

3. Curriculum Vitae (CV).

Talabgorning xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan tarjimayi holi.

Şuningdek, arizada talabgor bilan boğlaniş uçun amaldagi telefon raqami anıq körsatilişi lozim.

Hujjatlarni topşiriş tartibi

Tanlov uçun arizalar va tegishli hujjatlar 2026-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgaça qabul qilinadi.

Hujjatlarning elektron nusxalari Jamğarma mablağlarini boşqariş guruhining quyidagi elektron poçta manziliga yuboriladi:

sarimsoqovtanlov@gmail.com

Hujjatlarni PDF formatida tayyorlab, bitta faylga jamlaş va faylni talabgorning ism-şarifi bilan nomlaş tavsiya etiladi.

Masalan: Aliyev_Ali_Valiyevich.pdf

Tanlovning huquqiy-təşkiliy asosi

Mazkur tanlov eʼloni va stipendiya ajratiş masalalari “Matematika fani va taʼlimini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi” Kuzatuv kengaşining 2026-yil 6-noyabrdagi 7-son bayoni bilan tasdiqlangan.

Muhim sanalar

Hujjatlarni qabul qiliş başlanadi: 15-noyabr 2026-yil.

Hujjatlarni qabul qiliş yakunlanadi: 15-dekabr 2026-yil.

Stipendiya tölanadigan davr: 2027-yilda 10 oy.

Qöşimça maʼlumot

Akademik T. A. Sarimsoqovning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi maʼlumotlar bilan MathNet.uz sahifasida tanişiş mumkin.

Hujjat yuboriş uçun:
sarimsoqovtanlov@gmail.com

Matematika ixtisosliklari böyiça ilmiy izlanış olib borayotgan va belgilangan talablarga javob beradigan tayanç doktorantlarni tanlovda faol iştirok etişga taklif qilamiz!