Matematika institutida Konstitutsiya kuniga bağişlangan ilmiy maqolalar tanlovi ğoliblari anıqlandi

📅 25-Noyabr, 2026-yil 14:43

Yangilik rasmi

KONSTITUTSIYA KUNIGA BAĞIŞLANGAN ILMIY MAQOLALAR TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ötkazilgan ilmiy maqolalar tanlovi yakunlandi.

Mazkur tanlov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi F-63-son farmoyişi hamda Taʼlim va ilm-fan vazirligining 2026-yil 10-noyabrdagi nazorat rejasining 16-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida taşkil etildi.

Tanlovda iştirok etiş uçun taqdim etilgan ilmiy maqolalar maxsus komissiya tomonidan körib çiqildi va baholandi.

Komissiya qaroriga köra, Matematika institutining quyidagi tayanç doktorantlari tanlov ğoliblari deb topildi:

  1. Norkulova Ruşana Bobojonovna

  2. Husanov Elbek Abdurasul öğli

  3. Muxammadjonov Akbarjon Akramjon öğli

Tanlov ğoliblariga esdalik sovğalari sifatida kitoblar taqdim etildi.

Mazkur tanlov yoş tadqiqotçilarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etiş, ularning Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qadriyatlarga oid bilimlarini mustahkamlaş hamda ilmiy fikrlaşini rağbatlantirişga qaratildi.

Ğoliblarni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi ilmiy izlanişlarida yangi yutuqlar, muvaffaqiyatlar va samarali faoliyat tilaymiz.

Avvalgi eʼlon

Tanlovning şartlari va taşkil etilişi töğrisidagi dastlabki eʼlon bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin:

Konstitutsiya kuniga bağişlangan ilmiy maqolalar tanlovi eʼloni