Samarqand bo‘linmasi

Laboratoriya mudiri

Kafedra mudiri

Ikromov Isroil Akramovich

Laboratoriya mudiri

📧 Email: ikromov1@rambler.ru

📞 Telefon: +99891 5270716

🕔 Qabul kunlari:

🏢 Xona raqami: 215

📍 Manzil:

100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 9-uy

Batafsil

Laboratoriya haqida

Samarqand bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-sonli “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

2020-2024 yillarda A.M.Xalxo’jayev bo‘linma mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2024 yildan hozirgi vaqtgacha prof. I.A.Ikromov bo‘limga rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand bo‘linmasida f.-m.f.d., akademik S.N.Laqayev, f.-m.f.d., professor I.A.Ikromov, f.-m.f.d., professor A.B.Xasanov, f.-m.f.d., professor B.X.Xo’jayorov, f.-m.f.d., professor J.I.Abdullayev, f.-m.f.d., professor A.M.Xalxo’jayev, f.-m.f.d., dotsent M.E.Mo’minov, f.-m.f.d., dotsent Z.E.Mo’minov, f.-m.f.n., dotsent I.N.Bozorov, PhD, A.T.Boltayev, PhD, Sh.I.Xamidov, PhD S.X.Abduxakimov, PhD, M.O.Axmadova, kichik ilmiy xodim A.M. Barakayevlar ilmiy faoliyat olib borishmoqda.

S.N.Laqayev 2021-yilda Doʻstlik ordeni, 2023-yil Oliy ta’lim a’lochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

B. Xo‘jayorov 2010 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

 

-

Laboratoriya xodimlari

Abdullayev Janikul Ibragimovich

Yetakchi ilmiy xodim Batafsil →

Abduxakimov Saidakbar Xazratkul o‘g‘li

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Axmadova Muhayyo Olimjon qizi

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Barakayev Azamat Mansurovich

Kichik ilmiy xodim Batafsil →

Boltayev Asomiddin Tulkinovich

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Bozorov Islom Namozovich

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Hasanov Aknazar Bekturdiyevich

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

Ikromov Isroil Akramovich

Laboratoriya mudiri Batafsil →

Laqayev Saidaxmat Norjigitovich

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

Mo‘minov Muxiddin Eshqobilovich

Yetakchi ilmiy xodim Batafsil →

Muminov Zaxriddin Eshkobilovich

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Xalxoʻjayev Axmad Miyassarovich

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

Xamidov Shaxobiddin Ilxom o’g’li

Katta ilmiy xodim Batafsil →

Xo‘jayorov Baxtiyor

Bosh ilmiy xodim Batafsil →

Ilmiy faoliyat

Hozirgi kunda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Samarqand bo‘linmasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:

Fridrixs modellari va panjarada Shredinger operatorlari spektral nazariyasi. Panjadagi ikki zarrachali sistemaga mos Shredinger operatorlari va Fridrixs modellarining spektral xossalari panjaraning yaqin qo’shni tugunlaridagi o’zaro ta’sir energiyalari qiymatlari, ikki zarrachali sistema to’la kvaziimpulsi hamda panjara o’lchamiga bo’gliq holda tadqiq qilinadi. Panjaradagi uch zarrachali sistemaga mos Shredinger operatorlari va chekli sondagi soni saqlanmaydigan zarrachalar sistemalariga mos model operatorlarining spektral xossalari juft-jufti bilan o’zaro taʼsirlashuvchi ikki zarrachali qism sistemalarning spektral xossalari orqali tadqiq qilinadi.

Tebranuvchan integrallar va ularning tatbiqlari. Berilgan sath gipersirtida mujassamlashgan o‘lchovning Furye almashtirishi uchun chastotaning yo‘nalish bo‘yicha tekis baholar olinadi. Shroedinger tenglamasi uchun Koshi masalasi yechimlarining boshlang‘ich shartlar orqali yuqori baholari olinadi va silliq funksiyalar aniqligidagi yechimlar baholarining aniqligi ko‘rsatiladi. Nochiziqli kasr tartibli diskret Shroedinger tenglamasi uchun Koshi masalasi yechimining global mavjudligining yetarli shartlarini topish masalalari hal qilinadi

Spektral analizning teskari masalalari va ularning nochiziqli evalyutsion tenglamalarga tatbiqlari. Qo‘shimcha hadli nochiziqli Hirota tenglamasi davriy cheksiz zonali funksiyalar sinfida Dirak operatoriga qo‘yilgan teksari spektral masalalar usuli yordamida integrallanadi. AB sistemasi uchun Koshi masalasining yechimi mavjud va yagona ekanligi teskari sochilish masalasi metodi yordamida isbotlanadi. Shturm-Liuvill masalasi yechimlarining tebranmaslik bo‘lish shartlarini Xardi tengsizliklaridan foydalanib hosil qilinadi. Defokuslanuvchi moslangan manbali kompleks modifitsirlangan Korteveg-de Friz tenglamasi cheksizlikda nolmas chegaraviy shartlar bilan teskari sochilish almashtirishi yordamida integrallanadi.

G’ovak muhitlarda bir jinslimas suyuqliklarning sizishini matematik modellashtirish. Birjinslimas suyuqliklarning g‘ovak va yoriq-g‘ovak muhitlarda sizishi, g‘ovak va yoriq-g‘ovak muhitlarda modda ko‘chishi, anomal sizish va modda ko‘chishi, elastik-plastik sizish, relaksasion sizish, sizish va modda ko‘chishining teskari masalalari tadqiq qilinadi, neft va neftegaz konlari ishlatilishini tahlil qilish va loyihalash muammolarini hal qilish imkonini beradi.

Xalqaro hamkorlik

Bo’linma a'zolari Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Rossiya, Belgiya, Аngliya, Turkiya, Braziliya, Аrmaniston, Xitoy, Аvstriya, Chexiya, Аvstraliya, Malayziya, Yaponiya davlatlarining olimlari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyishgan, jumladan, quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

1. Germaniyaning Rur, Bonn, Maynz, Braunshveyg, Аngliyaning Zusseks universitetlari, Italiyaning SISSA, ICTP ilmiy markazlari va Rim universiteti, АQShning Kolumbiya (Missuri) va Devis (Kaliforniya) universitetlari, MDU, Rossiya informatsiyani uzatish muammolari ilmiy tadqiqot instituti va Dubna shahridagi Yadro tadqiqotlari Birlashgan instituti, Malayziyaning Malayziya va Mara texnologiya, shuningdek, Putra va Kebangsaan, Chexoslovakiyaning Karlov universitetlari va boshqa qator yirik ilmiy markazlar o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

2. S.N.Laqaev va uning shogirdlari tomonidan Bonn (Germaniya) universiteti professori S. Аlbeverio bilan hamkorlikda Germaniyaning DFG ilmiy fondi DFG 436 UZB 113/3, DFG 436 UZB 113/4, DFG 436 UZB 113/6, DFG 436 UZB 113/7 loyihalari asosida 2001–2011-yillarda, jami 60 oy davomida ilmiy tadqiqotlar olib borildi.

3. S.N.Laqaev 2013–2014-yillarda Fulbrayt granti sovrindori sifatida 10 oy davomida АQShning Devis (Kaliforniya) va Kolumbiya (Missuri) universitetlarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va Kolumbiya (Missuri), Prinston (Nyu-Jersi), Fullerton, Irvayn, Devis (Kaliforniya), Аna J.Mendez (Puerto-Riko) universitetlari ilmiy seminarlarida talabalar va olimlar uchun ilmiy maʼruzalar o‘qidi va ilmiy natijalarni muhokama qildi.

4. Prof.I. Ikromov Kiyel (Germaniya) universiteti professori D.Muller taklifiga ko‘ra Germaniyaning DFG ilmiy fondi DFG-Grant MU 761/11-1 (Fragen der Harmonischen Analysis im Zusammenhang mit Hyperflachen) (Вопросы гармонического анализа, связанные с гиперповерхностями) loyihasi asosida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

5. Prof. I.Ikromov Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti (Loughborough University) olimi J.K.Kyunin (J.-C. Cuenin) bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan bo’lib, hozirda mazkur olim bilan hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etmoqda.

6. А.Safarov Belgiyaning Gent universitetiga “El yurt umidi” jamgʼarmasi orqali 2 oylik (01.10.2021 -30.11.2021) stajirovkaga borishi rejalashtirilgan. U yerda professor M.Rujanskiy bilan ilmiy hamkorlik yoʼlga qoʼyilishi rejalashtirilgan.

7. Chet eldagi vatandoshlar bilan doimiy aloqalar yoʼlga qoʼyilgan, jumladan, A. Xalxo’jayev, M.Pardaboevlar Аvstriyaning Vena universiteti professori Sh.Xolmatov bilan hamkorlikda 2 ta maqola xorijiy jurnaliga maqola yuborilgan.

8. K.Kuliyev Chexiya respublikasi olimlari P.Drabek va А.Kufnerlar bilan ilmiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

9. Sh.Allado’stov va Аvstraliyaning Kurtin universiteti (Curtin University) professorlari А.Kadirov va I.Braylar bilan ilmiy hamkorliklar yoʼlga qoʼyilgan.

10. Z.Muminov va Malayziyaning UCIM, Yaponiyaning Kyushe universiteti professorlari А.Narzullaev, Z.Eshquvvatov, F.Xiroshimalar bilan ilmiy hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.

 

Seminarlar

Matematik analiz va uning zamonaviy matematik fizikaga tadbiqlari (ilmiy seminar)

Seminar manzili: ZOOM ID- 3509177612

Har payshanba kuni soat 14:30 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti Samarqand bo’linamasi 216-xonada

Seminar rahbari: akademik S.N.Laqaev, seminar kotibi: A.Boltayev

Matematik fizikaning ba’zi muammolari (ilmiy seminar)

Seminar manzili: ZOOM ID- 81613411474

Har chorshshanba kuni soat 10:00 da V.I.Romanovsky nomidagi Matematika instituti Samarqand bo’linamasi 217-xonada

Seminar rahbari: f.- m. f.d. A.M. Xalxo’jayev, f.-m. f.d., prof.J. Abdullayev, seminar kotibi: A.Toshturdiyev.