Rossiyalik taniqli matematiklar V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga tashrif buyurishdi

📅 8-Aprel, 2026-yil 12:08

Yangilik rasmi

2026-yil 8-aprel kuni V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga Rossiya Fanlar akademiyasi Kabardin-Bolqor ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish institutidan nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi. Delegatsiya tarkibida institut direktori, professor Arsen Vladimirovich Psxu va Aralash tipli tenglamalar bo'limi mudiri Anatoliy Xuseevich Attaev ishtirok etishdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari laboratoriyasida faoliyat yurituvchi M.S. Salohiddinov va T.D. Jo‘rayev nomidagi ilmiy seminarda qatnashdilar.

Seminar davomida olimlar institutning yetakchi mutaxassislari, tayanch doktorantlar va yosh tadqiqotchilar bilan uchrashib, zamonaviy differensial tenglamalar nazariyasining dolzarb muammolari va kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar. Ushbu muloqot ikki institut o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.