Matematika instituti doktoranti nufuzli xalqaro IAEA–ICTP STEP dasturi g‘olibi bo‘ldi

📅 5-May, 2026-yil 9:42

Yangilik rasmi

V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti Davrbek Oltiboyev nufuzli IAEA–ICTP Sandwich Training Educational Programme (STEP) dasturiga qabul qilindi.

Ushbu xalqaro dastur doirasida yosh olim 2026–2028-yillar davomida Italiyaning Trieste shahridagi “Abdus Salam” Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP)da ilmiy stajirovka o‘taydi. Rejaga ko‘ra:

  • Stajirovka 3 marotaba tashkil etiladi;

  • Umumiy davomiyligi 9 oyni tashkil etadi.

Eng ahamiyatlisi, dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar ICTP tomonidan to‘liq qoplanadi.

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat tadqiqotchining, balki institutimiz yosh olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzi yuksalib borayotganining yorqin namunasidir. Davrbek Oltiboyevni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va uning kelgusi ilmiy izlanishlariga zafarlar tilaymiz!