Professor Ravshan Ashurov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
📅 24-Avgust, 2026-yil 10:00
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori Ravshan Radjabovich Ashurov yuksak davlat mukofoti — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti jamoasi Ravshan Radjabovichni ushbu yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etadi.
Ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda ilm-fan rivoji yo‘lidagi sharafli faoliyatida yangi yutuq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat va ehtirom bilan,
V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti jamoasi