2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul: taqdimot talablari va baholash mezonlari

📅 5-Sentabr, 2026-yil 18:07

Yangilik rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-98-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i ijrosi doirasida V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida 2027-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul jarayonlariga oid zarur materiallar e’lon qilinmoqda.

Talabgorlardan quyidagi materiallar bilan oldindan tanishib chiqish so‘raladi:

  1. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash talablari bo‘yicha ilovalar;
  2. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini baholash mezonlari;
  3. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholashga oid uslubiy ko‘rsatma.

Har bir talabgorga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti uchun 15 daqiqa, savol-javob uchun esa 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Savol-javob jarayonida talabgorning tanlangan ixtisoslik bo‘yicha fundamental fanlardan nazariy bilimlari hamda ilmiy tayyorgarligi baholanadi.

Shu munosabat bilan barcha talabgorlarga taqdimotga tayyorgarlik ko‘rish bilan bir qatorda, o‘z ixtisosligiga mos fundamental fanlar bo‘yicha bilimlarini takrorlash va mustahkamlash tavsiya etiladi.