Matematika institutida talabalar ishtirokida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi

📅 9-Sentabr, 2026-yil 16:53

Yangilik rasmi

2026-yil 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti jamoasi, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.

“Mustaqillik darsi” davomida mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritildi.

Akademik Shavkat Ayupov yoshlar bilan suhbat davomida talabalik davridan unumli foydalanish, chuqur bilim olish, ilmiy izlanishlar olib borish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan o‘zining qimmatli fikr va tavsiyalarini bildirdi.