Matematika instituti va Harbin texnologiyalar instituti örtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi

📅 23-Oktabr, 2026-yil 10:47

Yangilik rasmi

2026-yil 23-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida Xitoy Xalq Respublikasining Harbin texnologiyalar instituti (HIT) Matematika böyiça ilğor tadqiqotlar instituti delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv ikki ilmiy muassasa örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, bevosita ilmiy aloqalarni kengaytiriş va istiqbolli tadqiqot yö­nalişlarini birgalikda rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.

Muloqot davomida tomonlar bir qator muhim yö­nalişlar böyiça fikr almaşdilar. Xususan:

— qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş;
— olimlar va tadqiqotçilar almaşinuvini yölga qöyiş;
— PhD doktorlarini hamkorlikda tayyorlaş;
— qöşma seminarlar, konferensiyalar va digər ilmiy tadbirlarni taşkil etiş;
— ikki institut olimlari örtasida uzoq muddatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş;
— istiqbolli qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va Harbin texnologiyalar instituti Matematika böyiça ilğor tadqiqotlar instituti örtasida ikki tomonlama hamkorlik şartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv qöşma ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlaş, yosh tadqiqotçilar tayyorlaşda tajriba almaşiş, olimlarning akademik mobilligini kengaytiriş hamda xalqaro ilmiy tadbirlarni birgalikda ötkaziş uçun institutsional asos yaratadi.

Şuningdek, şartnoma ikki institutning mavjud ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş, yangi tadqiqot yö­nalişlarini rivojlantiriş va xalqaro miqyosdagi qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.

Uşbu hamkorlik Matematika institutining yetakçi xorijiy ilmiy markazlar bilan uzoq muddatli aloqalarini mustahkamlaş, xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytiriş va yosh olimlarning xalqaro ilmiy muhitdagi iştirokini qo‘llab-quvvatlaşga xizmat qiladi.