Matematika institutida matematika va kimyo fanlari örtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
📅 27-Oktabr, 2026-yil 12:03
2026-yil 27-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti professori, kimyo fanlari doktori N. X. Qutlimurotova taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida institutning “Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari” laboratoriyasi xodimlari va yoş tadqiqotçilari iştirokida ilmiy seminar ötkazildi. Seminarda professor N. X. Qutlimurotova öz maʼruzasi bilan qatnaşib, kimyo sohasida yuzaga keladigan amaliy masalalar va ularni matematik usullar yordamida tadqiq etiş imkoniyatlariga töxtaldi.
Kimyoviy jarayonlarni matematik modellaştiriş masalalari
Ilmiy muhokamaning asosiy yönalişlaridan biri kimyoviy jarayonlarni matematik modellar yordamida tavsiflaş va tahlil qiliş masalalari böldi.
Xususan, kimyoviy jarayonlarning keçiş qonuniyatlarini örganişda differensial tenglamalardan foydalaniş, amaliy masalalarning matematik modelini quriş hamda ularni nazariy va hisoblaş usullari yordamida tadqiq etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kimyo sohasidagi murakkab jarayonlarni matematik ifodalaş ularning asosiy qonuniyatlarini aniql向ash, parametrlar örtasidagi boğlanişlarni örganiş va jarayonlarni tahlil qilişda muhim ahamiyatga ega. Şu jihatdan matematika va kimyo mutaxassislarining hamkorligi yangi ilmiy masalalarni qöyiş va ularning yeçimlarini izlaş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Fanlararo ilmiy hamkorlik istiqbollari
Uçraşuv davomida kimyo sohasida yuzaga keladigan amaliy muammolarni matematik nuqtayi nazardan örganiş, differensial tenglamalar nazariyasining zamonaviy usullarini tatbiq etiş hamda ikki yonaliş mutaxassislari örtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, kelgusida kimyo va matematika sohalari olimlari iştirokida qöşma tadqiqotlar olib boriş, mavjud ilmiy masalalarni birgalikda tahlil qiliş va yangi tadqiqot yönalişlarini belgilab oliş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur ilmiy seminar turli fan sohalarida yuzaga keladigan masalalarga matematik yondaşuvlarni tatbiq etiş, ilmiy tajriba almaşiş va fanlararo hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan dastlabki uçraşuvlardan biri böldi.
Matematika instituti va Özbekiston Milliy universiteti olimlari örtasidagi bunday ilmiy muloqotlar kelgusida matematika va kimyo fanlari kesişmasida yangi qöşma tadqiqotlarni rivojlantiriş uçun asos bölib xizmat qiladi.




